French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifat tizimi takomillashmoqda
10:31 / 2016-04-21

Andijon viloyatining Marhamat tumanida mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sifat tizimini joriy etish, gaz va elektr energiyasi sarfini hisobga olish jihozlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartiblariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyatining Marhamat tumanida mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sifat tizimini joriy etish, gaz va elektr energiyasi sarfini hisobga olish jihozlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartiblariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mahsulotlarni sertifikatlashtirishda sifat tizimini joriy etish, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoyalash hamda ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlarning tez va sifatli bajarilishini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish, gaz va elektr energiyasi sarfini hisobga olish jihozlarini qiyoslash iqtisodiyotimiz tarmoqlarining sifat tizimi asosida rivojlanishiga xizmat qiladi, – deydi Andijon viloyati sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori Abduolim Chaqalov. – Bugungi tadbirda ham oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, yengil sanoat hamda past kuchlanishli elektrotexnika, kimyo mahsulotlarini sertifikatlashtirish shartlari va uning ahamiyati xususida fikr almashildi.