Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifat menejmenti tizimi - taraqqiyot mezoni 
18:40 / 2025-11-13

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Sifat menejmenti tizimi - taraqqiyot mezoni” mavzuida Butunjahon sifat kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Butunjahon sifat kuni har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadi. Ushbu bayram dunyoda birinchi marta 1989 yil 9 noyabr kuni BMT ko‘magida Yevropa sifat tashkiloti - YeST tashabbusi bilan nishonlangan.

Butunjahon sifat kunining asosiy maqsadi yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarning ahamiyatini oshirish, sifatga erishishdagi muammolarga e’tiborni qaratish hamda tadbirlarni faollashtirishdan iborat.  

Sifat bu nafaqat odamlar va atrof-muhit uchun, balki mahsulotlarning xavfsizligi, iste’molchilarning so‘rovlarini va talablarini belgilaydigan muhim mezon hisoblanadi.  

Talaba-yoshlarning sifat menejmenti va uning afzalliklari haqidagi tushunchalarini ilmiy jihatdan yanada mukammal o‘rganish va ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari egallash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Standartlar instituti,  korxona va tashkilot-larning mutaxassislari, olimlar, pedagog xodimlar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalaridagi sifat menejmentini yana takomillashtirish bo‘yicha innovatsion fikr-mulohazalar bildirildi.  

Ilmiy-amaliy seminarda ishtirokchilarga zamonaviy sharoitda sifat tushunchasi, innovatsiyalarni amalga oshirishda sifatning o‘rni kabi mavzularda tushunchalar berildi. Sifat bu korxona, har bir sanoat va albatta, har bir mamlakatning rivojlanishida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.  

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi.

Abdusattor ABDUGAFFAROV,

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti