Sidneyda otishma: qurbonlar bor
Avstraliyada dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Gap shundaki, Sidneydagi plyajlardan birida yuz bergan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgan. Mahalliy OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, otishma sodir etganlardan biri deb taxmin qilingan bir kishi va yana 11 kishi, jumladan, ikki politsiya xodimi jarohat olgan.
Hujum ehtimol, yahudiylarning Hanukka bayramini nishonlash tadbiriga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Politsiya manbalarining fikricha, jinoyat bir necha oy davomida rejalashtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir gumondor shaxs otib o‘ldirilgan, yana biri yaralangan va hibsga olingan. Shu bilan birga, “9News” uchinchisi taslim bo‘lganini yozib chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, otishmachilardan biri orqasidan hujum qilgan yo‘lovchi tomonidan qurolsizlantirilgan. Erkak qurolli shaxsdan miltiqni tortib olishga muvaffaq bo‘lgan.
G.Sattorova, O‘zA