Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sidney sammitida kosmik sohada hamkorlik masalalari muhokama qilindi
11:08 / 2025-09-29

Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressi doirasidagi "IAC Hosts Summit"ning 12-yig‘ilishida 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda kosmik sohada yirik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Sammit dasturi doirasida qator muhim sessiyalar tashkil etildi. Jumladan, “Sponsorship: The Backbone of a Successful IAC” mavzusidagi panelda SWF, CNES, Azercosmos, SIAA va AIDAA vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yirik xalqaro tadbirlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda samarali yo‘nalishlarini muhokama qildi.  

Shuningdek, “Ready to Take Off: Pitching Your IAC Vision for 2028” mavzusida Bahrayn, Hindiston va O‘zbekiston delegatsiyalari o‘z taklif va konsepsiyalari bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan “O‘zbekkosmos” agentligi taqdimot o‘tkazdi. Agentlik direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov video va multimediali taqdimoti orqali 2028 yildagi Xalqaro astronautika kongressini Samarqand shahrida o‘tkazish konsepsiyasini taqdim etdi.  

Taqdimotda Samarqandning tarixiy-madaniy merosi va zamonaviy infratuzilmaviy imkoniyatlari, mamlakatning kosmik sohadagi ustuvor maqsad va tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatining yirik xalqaro tadbirlarni samarali tashkil etishdagi tajribasi haqida so‘z yuritilib, mamlakatning xalqaro hamkorlikka ochiqligi ta’kidlandi.  

“Hosting the IAC as a Bridge for Unity” mavzusidagi xalqaro panel sessiyasida esa Turkiya, Italiya, Avstraliya, AQSH va Polsha vakillari ishtirok etib, IACning global hamjihatlik, fan va innovatsiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdi.  

Nigora Rahmonova, O‘zA