Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sichuan provinsiyasida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni ortmoqda
13:00 / 2022-09-07

Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Ludin uyezdida (Ganszi-Tibet avtonom okrugi) 5 sentyabr kuni sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 66 kishiga yetdi.

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi tarqatgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat Ganszi-Tibet avtonom okrugida 38 kishining, Yaan shahrida esa 28 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Zilzila natijasida 15 kishi bedarak yo‘qolgan, 253 nafar aholi jarohatlangan, ulardan 5 nafari hozirgi paytda og‘ir ahvolda qolmoqda, 70 nafar kishi esa jiddiy shikast ko‘rgan.

Zilzila munosabati bilan Sichuan provinsiyasi hukumati eng yuqori darajadagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejimi asosida qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun harbiy xizmatchilar va Xitoy qurolli politsiyasi a’zolari provinsiyaga yo‘llangan. Ularning sa’y-harakatlari bilan 3951 kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi va 270 nafardan ortiq jabrlanganlar qutqarilib, tibbiy yordam olishdi.

 

O‘zA