Sibir tog‘ echkisi Chotqol qo‘riqxonasida
Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon Sibir tog‘ echkilarini muhrladi. Ma’lum qilinishicha, Sibir tog‘ echkisi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. U asosan chiqish qiyin bo‘lgan baland tog‘ cho‘qqilarida yashaydi. O‘rtacha 15-17 yil yashaydigan bu jonivorlar bir yilda 1-2 marta ko‘payadi. Ularning vazni 35-150 kilogrammgacha yetadi.
Hozir Chotqolda 435 ta Sibir tog‘ echkilari bor. Bu jonivorlar tog‘-toshlarda o‘zlarini yaxshi xis etadi. Ularga qalin o‘rmon yoki butazorlar bo‘lishi shart emas va yemish topishga qiynalmaydi. Muhimi, Sibir tog‘ echkisi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.
A.MUSAEV, O‘zA muxbiri