Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sibir daryolarini Markaziy Osiyoga burish va suv xavotirlari (+video)
16:29 / 2023-09-19

Yaqin yillarda butun dunyo, jumladan, Markaziy Osiyo ham kurashishi kerak bo‘lgan jiddiy muammolar bor. U ham bo‘lsa iqlim o‘zgarishi va uning natijasida kelib chiqadigan suv taqchilligidir. Orol dengizining qurishidek katta fojiani boshidan kechirgan millat sifatida bunga jiddiyroq qaraydigan vaqt allaqachon kelgan.

Mintaqada yuzaga keladigan vaziyat va unga yechimlar, iqlim inqirozida insoniyat nimalarga tayyor turishi kerakligi va Sibir daryolarini Markaziy Osiyoga burish qanchalik muhimligi haqida mutaxassislar siyosiy sharhlovchi va jurnalist Irismat Abduxoliqov, iqlimshunos Erkin Abdulahatov va professor Abdulhakim Salohiddinov bilan mavzuga e’tibor qaratishga harakat qildik. 

– Markaziy Osiyoda umumiy vaziyat qanday? 

– “Tog‘larimizda muzliklar bor, oxirgi paytda suv taqchilligidagi muammolar taqsimlashda, siyosiy masalalarda, hozir bizga kirib keladigan daryolarning hammasi suv omborlari bilan bo‘g‘ilgan. Bizga aynan suv kerak bo‘ladigan vaqtda suv bilan to‘ldirishmoqda. Undan tashqari suvni tejamasdan ishlatilsa, vaziyat og‘irlashadi. Chang, bo‘ron, suv yetishmovchiligi tufayli odamlarning ko‘chishi, ijtimoiy - iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishiga guvohi bo‘lishimiz mumkin”, - deydi iqlimshunos Erkin Abdulahatov. 

– Qo‘shtepa kanalining qurilishi va undan foydalanish suvga ehtiyojni qay darajada oshirib yuborishi mumkin? 

– O‘tgan yili Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston o‘rtasidagi shartnomada Amudaryo suvining 23 kub.km. foydalanishga kelishganmiz. 22 kub.km. Turkmaniston, 8 kub.km. atrofida Tojikiston foydalanadi, bu ro‘yxatda Afg‘oniston yo‘q edi. Bundan oldingi yil 18 kub.km. ishlatganmiz, 22 kub.km. Turkmanistonga, 6 – 7 kub.km esa Tojikistonga ajratilgan. Endi xohlaymizmi, yo‘qmi bu raqamlarga Afg‘oniston ham qo‘shiladi. Bu Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpoq hududlarida suv yetishmovchiligini kuchaytiradi – Erkin Abdulahatov. 

Iqlimshunos, shuningdek, agar suvdan unumli foydalanilmasa, ekinlarni sug‘orish tezlashishi, insoniyat ekinlarga har kuni suv berishga to‘g‘ri keladigan davrlar ham bo‘lishini aytdi. Bu esa ko‘proq suvni talab qiladi. 

– Sibir daryolarini Qozog‘iston va Markaziy Osiyo tomon burish loyihasi yaqinda Qozog‘iston parlamentida ham ko‘tarildi. Agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, jarayon qay tartibda bo‘lishi va qanday shartlar qo‘yilishi mumkin? 

– Biz katta miqdorda xo‘l meva ishlab chiqaramiz. Shu yerda bir narsaga e’tibor berish kerakki, biz ularga shirin mahsulotlarni yetkazib beramiz, ular ham Shimoliy Muz Okeaniga oqib yotgan katta daryolar ko‘tarilgan vaqtida Ob, Irtish daryolarining 5 foizini tashlaydigan (Markaziy Osiyoga) bo‘lsa biz bo‘sh yotgan yerlardan foydalanishimiz mumkin. Xorijga ish qidirib ketgan yoshlarimiz ota – onalariga, vataniga qaytishi, yangi yerlarda ishlashi va daromad ko‘rishi mumkin. Shunday katta imkoniyatlar Yangi O‘zbekistonning oldida turibdi. Buni davlatlar kelishib murojaat yo‘llab kelishishi kerakki, O‘zbekistondan tashqaridagi ma’lum suv manbalaridan foydalanish kerak, shartnomalar tuzishi kerak. Biz qo‘proq o‘tmishimizni va bugungi kunimizni maqtaymiz, bu yaxshi niyatda qilinadigan ishlar lekin oldimizda katta muammolar turibdi - Irismat Abduxoliqov.

Bugun Markaziy Osiyoning eng yirik Amu va Sir daryolaridan besh mamlakatning 60 million aholisi suv ichadi. Qo‘shtepa kanali qurilishi bilan bu raqam 100 millionga chiqadi. Tahminiy hisob – kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga borib Markaziy Osiyo aholisining o‘zi 100 millionga ko‘payishi mumkin. Tahlilchilarga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tufayli bugun O‘zbekiston 15 foiz suvdan mahrum bo‘lmoqda, Qo‘shtepa kanal qurilishi ortidan yana 10, 15 foiz suv yo‘qotilishi aytilmoqda.

– O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq umumiy vaziyat qanday?

– Suv bilan umumiy ta’minlanganlik masalasida har qanday davlatni, jumladan, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotida ham juda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston yirik daryolarning quyi oqimida joylashgan. Iqtisodiyoti, aholisi, suvga bo‘lgan talabi ham tez o‘sayotgan davlat. Suv resurslarimiz esa cheklangan. O‘zbekistonga kirib kelayotgan suvning 80 foizi qo‘shni davlatlardan keladi. Yana bir muammo shuki, suv resurslari o‘zi ko‘paymaydi. Bor suvlar doirasida yuqori samara bilan foydalanmasak imkoniyatimizni yo‘qotgan bo‘lamiz – Abdulhakim Salohiddinov. 

Professor Abdulhakim Salohiddinov odatda ekinni emas, yerni sug‘orishimizga e’tibor qaratarkan, ko‘p suv talab qiladigan paxta va boshqa o‘simliklar oxirgi vaqtda qisqarayotganini qo‘shimcha qildi. 

Oldimizda turgan global suv taqchilligida faqatgina suvni tejab vaziyatni yumshatishimiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-FqxXSh9dF4" title="Sibir daryolarini Markaziy Osiyoga burish va suv havotirlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sardorbek Poyonov, Abror Sodiqov (video), O‘zA