Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Si Szinpin: Xitoy Tayvan mustaqilligiga qarshi
09:29 / 2022-10-16

Xitoy Tayvan oroli mustaqilligiga qaratilgan ayirmachilik harakatiga qarshilik ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda XXR Kommunistik partiyasi XX quroltoyi ochilish marosimida chiqish qilgan partiya bosh kotibi, Xitoy raisi Si Szinpin ma’lum qildi.

- Tayvan ishiga aralashayotgan tashqi kuchlarning jiddiy  provokatsiyasiga javoban, biz ajralib chiqish va aralashuvga qarshi qat’iy ravishda keng ko‘lamli kurash olib boramiz, - dedi Si Szinpin - XXR Tayvandagi separatizm urinishiga va bu masalada tashqi aralashuvga keskin qarshi.

U XXR milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilishda qat’iy, salmoqli qobiliyat namoyish etganini ta’kidladi.

“Xitoy har qanday demagogiya va qo‘pol kuch siyosatiga qarshi turadi”, degan davlat rahbari.

O‘zA