Si Szinpin: Xitoy o‘z kuchiga tayanadi va tartib o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi
Xitoy faqat o‘ziga ishongan holda rivojlanadi, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) rahbarligida mamlakatni modernizatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.
Bu haqda XXR raisi, XKP Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi Si Szinpin bayonot berdi.
"Jenmin jibao" gazetasining xabar berishicha, u Pekinda o‘tkazilgan viloyat va vazirlik rahbarlarining seminari yakunida aytgan.
“Xitoyning modernizatsiyalashuvi – Xitoy Kommunistik partiyasi rahnamoligidagi sotsialistik modernizatsiyadir”.
“XKPning bo‘lajak 20-s’ezdida “har tomonlama modernizatsiyalashgan sotsialistik davlatni barpo etish bo‘yicha ikki bosqichli strategik reja batafsil ko‘rib chiqiladi, kelgusi besh yil uchun strategik vazifalar va yirik tashabbuslar tavsiya etiladi”, dedi davlat rahbari.
O‘zA