French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Si Szinpin Xitoy bilan Ukraina munosabatiga baho berdi
12:51 / 2023-04-27

Suverenitet va hududiy yaxlitlikni o‘zaro hurmat qilish Xitoy – Ukraina munosabatlarining siyosiy asosi hisoblanadi, deya ta’kidlagan Xitoy Raisi Si Szinpin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda.

“Suverenitet va hududiy yaxlitlikni o‘zaro hurmat qilish Xitoy – Ukraina munosabatlarining siyosiy asosi hisoblanadi. Tomonlar kelajakka nigoh tashlashi, ikki tomonlama munosabatlarni uzoq muddatli istiqbol nuqtai-nazaridan rejalashtirishi kerak”, – deya keltiradi Si Szinpinning so‘zlarini Xitoy Markaziy televideniyesi.

Xitoy yetakchisi, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida an’anaga aylangan o‘zaro hurmat va samimiy munosabatlarni davom ettirish hamda Xitoy bilan Ukraina o‘rtasida strategik hamkorlik rivojini harakatga keltirish zarurligini ta’kidlagan.