Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Si Szinpin: Xitoy armiyasining 100 yilligini munosib kutib olamiz
12:45 / 2022-07-29

Xitoy Raisi Si Szinpin Xalq ozodlik armiyasi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida tinimsiz va qat’iy sa’y-harakat muhim, deya bayonot berdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Si Szinpin ayni payt Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi va Markaziy harbiy kengash raisidir.

Rahbar Xitoy xalq inqilobi muzeyiga tashrif buyurdi va yangi davrda mudofaa va qurolli kuchlarni mustahkamlash borasidagi yutuqlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.

2012 yili kompartiyaning 18-s’ezdida kuchli armiya orzusini ro‘yobga chiqarish, keng islohot o‘tkazib, qo‘shinni mustahkamlash, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, qo‘mondonliklarni har tomonlama harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish muvaffaqiyatli amalga oshirilgani ta’kidlandi.

“Besh yildan so‘ng Xalq ozodlik armiyasining 100 yilligi nishonlanadi. Xitoy millatining strategik ustuni sifatida qudratli armiya yaratish ishi davom etadi”, deyiladi xabarda.