Xitoy Yevropaning strategik muxtoriyatini saqlab qolishda Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.
«Sinxua» agentligi «Xitoy Yevropa Ittifoqining strategik muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Yevropa tomoni o‘zaro hurmat, inklyuziv, pragmatik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qilgan holda Xitoy va YeI o‘rtasidagi strategik sheriklikka qaratilgan asosiy yo‘nalishga uchinchi tomon bilan bog‘lanib qolmasligiga umid bildiradi» Xitoy raisidan iqtibos keltiradi.
«Biz Xitoy - Yevropa munosabatlarining barqarorligi va uzoq muddatli xarakterini qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniya ijobiy rol o‘ynashda davom etishiga va Xitoy bilan birga harakat qilishiga, ishonadi», dedi Si Szinpin.
Xitoy rahbari, shuningdek, Yevropa mintaqada uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlash uchun muvozanatli, samarali va barqaror mexanizm yaratish kerakligini ta’kidladi.
O‘zA