Si Szinpin: “Bir davlat, ikki tizim” siyosatidan voz kechilmaydi
Xitoy markaziy rahbariyati Gonkong bilan hamkorlikda “Bir davlat, ikki tizim” siyosatidan voz kechmoqchi emas va mazkur maxsus ma’muriy hududning xalqaro hamkorligi ko‘lami kengayishiga yordam beradi. Bu haqda Xitoy Raisi Si Szinpin Gonkong ma’muriyati rahbari Jon Li bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Davlat rahbarining “Bir mamlakat, ikki tizim” – bu xitoylik buyuk sotsializmning kashshof g‘oyasi” degan bayonotidan iqtibosni “Sinxua” agentligi keltirdi.
“XXR markaziy hukumati ushbu siyosatga qat’iy va og‘ishmay amal qiladi hamda maxsus ma’muriy hudud rahbari va uning ma’muriyati qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi”.
Si Szinpin ta’kidlaganidek, Pekin Gonkongning alohida rolini qo‘llab-quvvatlaydi, “xalqaro hamkorlikni kengaytirishga yordam beradi” va milliy taraqqiyotda faol ishtirok etadi.
O‘zA