Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shymkent Marathon”: atletlarimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi
09:42 / 2022-09-12

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan “Shymkent Marathon” musobaqasida 4500 nafarga yaqin atletlar marafon, yarim marafon, 10 va 5 km masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi.Quvonarlisi mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan atletlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

 Marafon bahslarida Shohrux Davlatov belgilangan masofani 2 soat 25 daqiqada bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Undan 1 daqiqa 31 soniya ortda qolgan yana bir vakilimiz Zokirillo Mamatqulov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.  
 
Yarim marafonda ekaklar o‘rtasida Otabek Toshquvatov birinchi,  Nodirbek Mutalipov esa ikkinchi bo‘ldi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishning xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Moxinabonu Komilova marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Tamila Qo‘chqorova ikkinchi bo‘lib finish chizig‘ini bosib o‘tdi. 
 
“Shymkent Marathon” musobaqasining 10 va 5 km masofaga yugurish bahslarida Bekzod Baymatov va Yevgeniy Fadeyev barcha raqiblarini ortda qoldirib, chempionga aylandi. 
 
 

Javohir TOSHXO‘JAEV, 
O‘zA muxbiri