French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shveysariyalik kuzatuvchi: O‘zbekistonda so‘nggi 5-6 yildan buyon tub o‘zgarishlar bo‘lyapti
15:10 / 2023-07-09

Bugun mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy tadbirni 15 ta xalqaro tashkilot, 47 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan 800ga yaqin xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda. Ular o‘z kuzatuvlari yuzasidan xulosalarini, fikr-mulohazalarini bayon qilmoqda.

Jumladan, shveysariyalik kuzatuvchi Karteron Jan-Pol O‘zA muxbiriga quyidagilarni ta’kidladi:  

 — O‘zbekistondagi muhim siyosiy jarayonda qatnashayotganimdan xursandman. Shuni aytishim kerakki, O‘zbekistonda so‘nggi 5-6 yildan buyon tub o‘zgarishlar sodir bo‘lyapti. Buni xalqaro hamjamiyat ko‘rib turibdi. O‘zbekistonda har xil sohalarning jahon hayotiga integratsiya qilinishi iqtisodiyotni rivojlantirishga turtki beradi.  

 Toshkentdagi kuzatuvlarimdan aytish mumkinki, siyosiy voqealar xotirjamlik asosida o‘tyapti. Bir nechta saylov uchastkalarida bo‘lganimda saylovchilarning kayfiyatida ko‘tarinkilik va xotirjamlikni ko‘rdim. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda bundan keyin ham rivojlanish davom etadi. Yurtingizni rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rishimizga ishonaman va shunday bo‘lishi ham kerak, — deydi xalqaro kuzatuvchi.   

Muhtarama Komilova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA