Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shveysariyalik ekspertlar Farg‘onada gilamchilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
17:19 / 2023-09-20

Yurtimizga Shveysariyadan tashrif buyurgan tekstil sanoati mutaxassislari Felix Muheim va Ursula Muheimisenrichlar mamlakatimizdagi ipakchilik sanoati faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Xususan, mehmonlar Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan "Ismoiljon gilamlari" gilamchilik korxonasida bo‘lib, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 

"Ismoiljon gilamlari" korxonasi bugungi kunda yirik korxonalardan biri bo‘lib, unda 1000 dan ortiq xotin-qizlar bandligi ta’minlangan. Mazkur korxonada 15 turdan ortiq zamonaviy va eksportbop gilamlar ishlab chiqariladi. Mazkur gilamlar mahalliy bozorlarimizda sotilishi bilan birga, O‘rta Osiyo davlatlariga ham eksport qilinmoqda. 

Mehmonlar korxona sharoitlari, gilamlarning sifati hamda dizaynlari bilan yaqindan tanishdi. Ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 

Mehmonlarga "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisi maslahatchisi Yoqut Shmid hamrohlik qilib, ularga o‘zbek ipakchilik tarixi, ipak mahsulotlarining xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA