Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shveysariyada dunyodagi eng baland 3D bosma bino yig‘ila boshlandi
12:22 / 2024-02-23

Shveysariyaning chekka qishloqlaridan birida dunyodagi eng baland 3D-bosma bino montajga tayyorlanmoqda.

“ETH Zurich” tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan yuzdan ortiq ustundan iborat inshoot tepasida chiqish uchun joy bo‘ladi, deb yozgan “Kazinform”.
“Tor Alva”, ya’ni “Oq minora” “Nova Fundaziun Origen” madaniy muassasasi bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Majmua qismlarga bo‘lib chop etiladi, so‘ngra Alp tog‘laridagi olis Myulens qishlog‘idagi qurilish maydonchasiga tashiladi va yig‘iladi.

Murakkab barokko uslubida quriladigan binoning balandligi 30 m bo‘ladi. 3D-bosma ustunlar besh qavatni ushlaydi va yarim ochiq fasadni tashkil qiladi. Muhandislar ichkarini noqulay ob-havodan himoya qilish maqsadida yengil, yechiladigan membrana o‘rnatishni ham ko‘zda tutishgan.