French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shveysariya tog‘ida 37 yil oldin g‘oyib bo‘lgan alpinist jasadi topildi
14:06 / 2023-08-03

Germaniyalik alpinist – 1986 yil sentyabr oyida Shveysariyaning mashhur Zermatt kurort viloyati hududidagi tog‘da g‘oyib bo‘lgan yigitning jasadi qoldig‘i endi topildi.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, o‘shanda izsiz g‘oyib bo‘lgan alpinistni izlab olib borilgan sa’y-harakat behuda ketgan. Shu kunlarda Teodul muzligida tasodifan topilgan odam qoldig‘ining DNK tahlili yo‘qolgan nemis yigitini qayd etgan.  

Vale kantoni politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda toqqa sayohatga ketib, tayanch lageriga qaytmagan Germaniya fuqarosi uzoq vaqt bedarak yo‘qolgan, deb hisoblangan. Alpinistning asbob-uskunalari, buyumlari ham topilgan. Tana qoldig‘i Sion shahrida, kantonal klinika sud-tibbiyot institutida tekshirildi.  

Global isish tufayli Alp tog‘i muzi erimoqda. So‘nggi payt alpinistlar, cho‘ponlar tez-tez eski jihozlarni, hatto, bir necha o‘n yil oldin bedarak ketgan odamlar qoldig‘ini topishyapti.  

O‘zA