Shveysariya o‘z havo hududining bir qismini yopishini e’lon qildi
Shveysariya hukumati 16 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Jo Baydenning Jenevadagi sammiti munosabati bilan havo maydonining bir qismini yopadi, deya xabar berdi TASS axborot agentligi.
«Federal Kengash 2021 yil 11 iyundagi yig‘ilishida Bayden va Putin o‘rtasida Jenevada bo‘lib o‘tadigan sammit paytida havo hududidan foydalanishni vaqtincha cheklashni ma’qulladi», – deyiladi xabarda.
Cheklovlar 15 iyun kuni ertalab soat 8 dan mahalliy vaqt bilan 17 iyun soat ertalab 8 gacha joriy qilingan. Ammo Jeneva xalqaro aeroporti tijorat reyslariga cheklov ta’sir o‘tkazmaydi.
Ta’kidlash kerak, Federal Kengash bugungi sammitda Jenevaning kantonal hokimiyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mingga yaqin harbiylarni yuborishini ma’lum qilgan.