English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shveysariya aholisi qish fasli uchun sham va o‘tinni zaxiralashga chaqirildi
13:59 / 2022-08-08

Shveysariyaning elektr energiyasi bo‘yicha federal komissiyasi (ElCom) prezidenti Verner Luginbyul vatandoshlarini qishgacha sham va o‘tin zaxirasini to‘plashga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru” nashri.

U mamlakatni qattiq qish kutilayotganidan ogohlantirib, elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini istisno etmadi.

- Bir necha soat davomida elektr bo‘lmay qolganda nima qilishni o‘ylab qo‘yish kerak”, dedi u. - Uyda yetarli miqdorda sham bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari pechkasi bor aholi “zarur miqdorda o‘tin borligiga ishonch hosil qilishi kerak.

“ElCom” rahbari, shuningdek, Yevropa keng miqyosda elektr energiyasi va gaz taqchilligiga duchor bo‘lish xavfi borligini ta’kidladi.

Avvalroq Moldova o‘rmon fondi rahbari Yulian Mamay mamlakat aholisi yog‘och narxi 10 foiz oshganiga qaramay, faol tarzda o‘tin zaxiralayotganini ma’lum qilgandi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA