Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida turar-joy binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi
Bu haqda mahalliy OAVga tayanib Nordic News portali xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 ga yaqin odam kasalxonaga yotqizilgan, kamida uch kishi jiddiy jarohat olgan.
Aftonbladet gazetasining yozishicha, portlash ertalab sodir bo‘lgan, shundan keyin yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in o‘chog‘i bir vaqtning o‘zida bir nechta binoda kuzatilmoqda.
200 ga yaqin kishi zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgani aytilmoqda.
Hodisa sababi haligacha ham oydinlashmagan.