Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya va Finlyandiya yetakchilari NATOning favqulodda sammitiga taklif qilindi
11:32 / 2022-02-25

NATO bosh kotibi bugun – 25 fevral kuni bo‘ladigan alyansning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha favqulodda sammitiga Shvetsiya va Finlyandiya yetakchilarini ham taklif qildi.

Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansining Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakunlariga doir matbuot anjumanida ma’lumot bergan.

“Men sammitga Finlyandiya va Shvetsiyani ham taklif qildim”, dedi bosh kotib. Uning so‘zlarini “TASS” iqtibos o‘laroq keltirgan.