Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya va Daniya IHT qarorini inobatga oladi
12:53 / 2023-08-01

Shvetsiya Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari 18-yig‘ilishida musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni Karim tahqirlanishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qabul qilingan qarorni inobatga oladi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom “SVT” davlat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“IHT qarorida qator taklif va tavsiyalar mavjud. Biz bu hujjatni diqqat bilan o‘rganamiz va IHT davlatlari bilan muhim munosabatni rivojlantiramiz. Hukumat Shvetsiyadagi namoyishlarda ayrim shaxslar tomonidan sodir etilgan islomofobiya harakatlaridan chetda turdi. Adliya vazirligi qonun ustuvorligi bo‘yicha yangi tahliliy tadqiqot o‘tkazmoqda”, – dedi u.

Daniya Tashqi ishlar vazirligi ham IHT va tuzilmaga a’zo davlatlar bilan o‘zaro hurmat asosida yaqin muloqotni davom ettirishini bildirdi.

– Biz IHT majlisida qabul qilingan qarorni inobatga olamiz, Tashkilot va a’zo davlatlar bilan o‘zaro hurmat asosida yaqin muloqot qilishda davom etamiz, – deb yozdi Lars Lyokke Rasmussen ijtimoiy tarmoqda. – Daniya yaqinda Qur’oni Karim yoqib yuborilishini qoraladi va so‘z erkinligi doirasida alohida vaziyatlarga aralashish imkoniyatini o‘rganmoqda.

IHT Tashqi ishlar vazirlari videokonferensiya yig‘ilishida Shvetsiya va Daniyada yuz bergan Qur’onga qarshi harakatlarni keskin qoraladi.

 

O‘zA