English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya Turkiyaning ekstraditsiya bo‘yicha so‘rovini qanoatlantirmadi
14:43 / 2023-08-17

Shvetsiya Turkiyaning terrorchilarni ekstraditsiya qilish ko‘zda tutilgan 28 ta so‘rovining birortasini hamon qanoatlantirmagan. Bu haqda “A-Haber” telekanali efirida adliya vaziri Yilmaz Tunch ma’lum qildi.

– Biz Shvetsiyaga terror tashkiloti bilan aloqador shaxslarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha 28 ta so‘rov yubordik, – dedi mulozim. – Afsuski, 22 ta hujjat rad etildi. To‘qqiz so‘rov Kurdiston Ishchilar partiyasi a’zolariga, sakkiztasi “Feto” terror tuzilmasiga, beshtasi boshqa tashkilotlar a’zolariga tegishli. Ayblanuvchilarning o‘limi yoki shunga o‘xshash holat tufayli uchta so‘rov rad etildi. Yana uchtasiga javob kutyapmiz.

Binobarin, Shvetsiya adliya tizimi bu so‘rovlar bo‘yicha salbiy qaror qabul qilingani haqida allaqachon ma’lum qilgan.

Shvetsiya NATOning bir qismi sifatida Turkiyaning ittifoqdagi hamkori bo‘lish niyatini bildirgan.

Parlamentimiz kun tartibidagi bu masala ariza ma’qullanishini nazarda tutadi. Shvetsiyadan ham umidimiz aniq: Stokgolm terrorchilarni bizga topshirishini kutamiz.