French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya parlamenti NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
13:31 / 2023-03-23

Shvetsiya parlamenti mamlakatning NATOga a’zo bo‘lib kirishiga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi respublika parlamenti matbuot xizmati.

Ovoz berish jarayonida loyihani 296 deputat yoqladi, 37 kishi unga qarshi chiqdi. Loyihani muxolifatdagi kichik So‘l partiya va Atrof-muhitni himoya qilish partiyasi deputatlari ma’qullamadi.  

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Bilstrem parlamentdagi o‘z nutqida iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti mamlakatining Shimoliy Alyansga to‘la huquqli a’zosi bo‘lib kirishiga umid bildirdi.  

O‘tgan yilning yozida Shvetsiya va Finlyandiya Shimoliy Alyansga kirish uchun ariza bergan edi. Skandinaviya mamlakatlari hujjatlarini NATOning barcha 30 a’zosi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Turkiya va Vengriya bu davlatlarni qo‘llashni kechiktirishmoqda.

 

O‘zA