English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya NATOga kirish bo‘yicha Turkiya bilan kelishuv shartini bajaradi
10:37 / 2022-11-09

Shvetsiya bosh vaziri Ulof Kristersson Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokaradan so‘ng Stokgolm NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha Turkiya bilan kelishilgan shartlarni to‘liq bajaradi, deb bayonot berdi.

"Turkiya NATOning terrorchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan a’zolaridan biri. Shvetsiya Turkiya oldida ittifoqchi sifatida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajaradi. Biz uch tomonlama imzolangan memorandumga to‘lig‘icha amal qilamiz", – dedi Kristersson OAV uchun bergan bayonotida.

Finlyandiya va Shvetsiya Ukraina voqealari tufayli 18 may kuni NATO bosh kotibiga alyansga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini topshirdi. Avval boshda Turkiya ushbu arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. 29 iyunda Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi. Hujjat Anqarani tashvishga solgan xavfsizlik masalasiga bag‘ishlangan.

6 oktyabrda NATOnnig 30 ta a’zo davlatidan 28 tasi ushbu ikki shimol davlatini NATOga qabul qilish bo‘yicha roziligini bergan, faqat Turkiya va Vengriya ushbu mamlakatlarning al’yansga a’zo bo‘lishiga rozi bo‘lmay turibdi.