French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lgunicha G‘arbdan xavfsizlik kafolatini oldi
14:03 / 2022-04-26

Shvetsiya NATOga kirgunga qadar AQSH va Buyuk Britaniyadan xavfsizlik kafolati bo‘yicha va’dasini oldi, deb yozmoqda Aftonbladet gazetasi hukumat manbalariga tayanib.

O‘tgan hafta Shvetsiya parlamenti deputati Xans Xoff Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish qarori qabul qilinguniga qadar AQSHdan xavfsizlik kafolatini olish kerak, deb bayonot bergan edi.

"Shvetsiya NATOga ariza tashlash jarayoni kechayotgan davrda Birlashgan Qirollik va Amerika Qo‘shma Shtatlarining  xavfsizlik kafolati bo‘yicha va’dasini oldi", – deb yozdi Aftonbladet.

Dushanba kuni Finlyandiyaning Iltalehti gazetasi Finlyandiya va Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish uchun 16 -20 may kunlari oralig‘ida birgalikda ariza beradi, deb yozgandi. Keyinroq Shvetsiyaning Expressen gazetasi ushbu xabarni tasdiqladi.