French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya maktablarida mobil telefonlar taqiqlanadi
20:11 / 2026-01-30

Shvetsiya hukumati boshlang‘ich maktablarda mobil telefonlardan foydalanishga umummilliy taqiq qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchilar dars boshlanishidan oldin telefonlarini topshirib, darsdan so‘ng qaytarib oladi. Taqiq kengaytirilgan guruhlar va maktabdan tashqari ochiq tadbirlarga ham taalluqli bo‘ladi, ammo o‘quv maqsadida yoki maxsus holatlarda telefon ishlatishga ruxsat berilishi mumkin

Yangi qonunchilik 1 avgustdan kuchga kiradi. Mamlakat ta’lim vaziri Simona Moxamssonning so‘zlariga ko‘ra, taqiq telefondan foydalanish madaniyatini o‘zgartirishga va bolalar hamda ota-onalarga telefonda sarflanadigan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. 

Tadqiqotlarga ko‘ra, shved yoshlari o‘quv vaqtini hisobga olmay, kuniga deyarli 7 soat telefon ishlatadi, bu esa ularning o‘quv jarayoni va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.                                                                                                                       

F.Yaxshiboyeva, O‘zA