Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya jahon chempionati finaliga yo‘l oldi
09:49 / 2026-01-05

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minnesota shtati Sent-Pol shahrida joylashgan «Grand Casino Arena» majmuasida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining (U20) dastlabki yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shvetsiya va Finlyandiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda asosiy hamda qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlangach, g‘olib jamoa nomi bullitlar seriyasida aniqlandi. Unda Shvetsiya terma jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Shvetsiya terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi “JCH–2026” finaliga yo‘l oldi. Endi 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida bu terma jamoa Kanada — Chexiya to‘qnashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi. Finlyandiya esa ushbu kunda yarim finalda mag‘lub bo‘lgan termaga qarshi 3-o‘rin uchun muzga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA