Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya bosh vaziri NATO bo‘yicha Turkiya bilan muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi
11:05 / 2022-05-24

Stokgolm va Xelsinki NATOga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha Turkiya bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, muzokaralar vaqt talab qiladi, deb bayonot berdi Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson Shvetsiyaning TT rasmiy axborot agentligiga bergan intervyusida.

Avvalroq Financial Times gazetasi Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasiga qarshilik bildirgani haqida yozgan edi. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara ushbu masalada "ha" deya olmasligini ma’lum qilgandi.  

"Shvetsiya va Finlyandiya yaqin kelajakda Turkiya bilan ikki tomonlama ham, uch tomonlama ham muzokaralarini davom ettiradi", – deydi Shvetsiya bosh vaziri o‘z intervyusida.