Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvarsenegger Trampning iqlim haqidagi bayonotlariga ajablanmadi
11:40 / 2025-09-26

Kaliforniyaning sobiq gubernatori va kino yulduzi Arnold Shvarsenegger AQSH prezidenti Donald Trampning iqlim o‘zgarishi haqidagi bayonotlaridan hayratga tushmaganini aytib, bu qarashlar uning 2016 yildagi ilk prezidentlik kampaniyasini qo‘llab-quvvatlamasligiga sabab bo‘lganini esga oldi.

Avvalroq Tramp BMT Bosh Assambleyasi minbarida nutq so‘zlab, iqlim o‘zgarishi haqida gap-so‘zlarni o‘ydirma degandi

– Men uning gaplariga hayron emasman, Tramp hech qachon bunga ishonmagan, -dedi Shvarsenegger “CNN” telekanaliga bergan intervyusida.

2016 yilda Tramp Shvarseneggerdan o‘z saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashini so‘raganida, aktyor buni ko‘rib chiqishi aytib, oxir-oqibat Trampning iqlim masalalari bo‘yicha qarashlari tufayli buni qila olmasligini ta’kidlagan.

S.Rahimov, O‘zA