Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shusha global media-forumi
00:18 / 2024-07-13

Ozarbayjoning madaniy poytaxti – Shusha shahrida joriy yil 21-23 iyul kunlari “Yolg‘on ma’lumotlarni fosh qilish: dezinformatsiyaga qarshi kurash” mavzusida ikkinchi Shusha global media forumi bo‘lib o‘tadi.

Noxolis axborot bilan bog‘liq global muammolar muhokama qilinadigan anjumanda, jumladan, OAV axloqiy mas’uliyatini oshirish, siyosiy chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, hukumatlar va OAVning axborot ekotizimini mustahkamlashdagi muhim o‘rnini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

2023 yil 21-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “To‘rtinchi sanoat inqilobi davrida yangi media” mavzusidagi birinchi Shusha global media forumida rasmiylar, fuqarolik jamiyati, davlat va biznes vakillari, matbuot va OAV erkinligi himoyachilari, xalqaro tashkilotlar xodimlari, dunyoning 50 dan ziyod davlatidan olimlar, ekspertlar ishtirok etgan.

Bu gal dasturdan dezinformatsiyaning qamrovini anglash, ta’sirini baholash, noxolis axborotga chidamli jamiyat qurish siyosati va bu boradagi tashabbuslarni tahlil qilish mavzularidagi sessiya va davra suhbatlari o‘rin olgan.

Mutaxassislar sun’iy intellektning voqelikka ta’sirini baholash va media savodxonlik darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda OAV o‘rnini aniqlash yuzasidan fikr almashadi.

Hozirgacha 200 ga yaqin xorijlik mehmon forumda qatnashish istagini bildirgan.

Durdona Solihova,

O‘zA