Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shunga shunchami?.. (+video)
15:36 / 2024-09-23

Bir haftadan buyon Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning boshi g‘alvadan chiqmayapti.Turmush o‘rtog‘iga berilgan sovg‘alar sabab, u tergov qilinishi mumkinligi aytilyapti.

Gap shundaki, Leyboristlar partiyasi a’zosi, media loyihalar, prodyusserlik markazlari egasi, millioner Vohid Ali hukumat boshlig‘ining rafiqasi olgan qimmatbaho kiyim-kechaklar pulini to‘lagan. Bundan tashqari xaridlar bo‘yicha shaxsiy maslahatchining xarajatini qoplab bergan. 

Bunday holat Starmer hozirgi lavozimiga kirishishidan oldin ham, keyin ham sodir bo‘lgani ta’kidlanyapti. Afsuski, xizmat va sovg‘alar deklaratsiyadan o‘tkazilmagan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Vp7BCcqxNcI" title="Shunga shunchami?.." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Bosh vazir va uning ayoliga xizmat qilayotgan,qiymati 200 million funt sterlingdan ko‘p boylik to‘plagan hotamtoyni Starmerning yirik homiylaridan biri, deyishadi. 

Joriy yilning o‘zida tadbirkor hukumat rahbarining kiyim-kechagi, qimmatbaho ko‘zoynaklari uchun bir necha o‘n ming funt sterling sarflagan. Parlament saylovi davrida Kirning yashash joyi va shaxsiy ofisi uchun ijara pulini ham to‘lagan. Binobarin, bu ishlar hech bir hujjatda qayd etilmagan. Aytishlaricha, xizmatlari evaziga Vohid Ali Bosh vazir idorasiga bemalol “kirib-chiqish” uchun ruxsat olgan. Va tabiiyki,ayni holat muxolifatning noroziligiga sabab bo‘ldi. 

Ko‘pchilikning fikricha, Britaniya matbuotida qimmatbaho sovg‘alar haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lishi ham Starmer uchun muammoga aylandi. Axir, u vazifasiga kirishayotganda siyosat maydonida tartib o‘rnatish, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishlikni yo‘q qilishga va’da bergandi-da. Muxolif Konservativ partiya holat bo‘yicha tergov o‘tkazishni talab qilmoqda. 

K.Bekjonov, O‘zA