Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shumanaylik yosh kitobxonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
16:36 / 2026-02-16

FOTOREPORTAJ

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Shumanay tuman Kengashi tashabbusi bilan “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida kitobxon yoshlar ishtirokida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan “Book & Coffee Talks” tadbiri yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashi deputati Dina Ibodullayeva, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘rinboy Eshmuratov, partiya faollari va faol yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida kitobning inson kamoloti, huquqiy ong va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

[gallery-27686]

Shuningdek, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi. Ma’rifatli va tashabbuskor yoshlar mamlakat taraqqiyotining muhim omili ekani ta’kidlandi.

Yakunda faol yoshlarga badiiy kitoblar sovg‘a qilinib, ularning mutolaaga qiziqishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar