Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shumanayda “Kitob olami” savdo majmuasi ochildi
15:25 / 2017-08-22

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Shumanay tumanida bo‘lib, yosh ishbilarmonlar bilan suhbatlashgan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Shumanay tumanida bo‘lib, yosh ishbilarmonlar bilan suhbatlashgan edi.

Davlatimiz rahbari shumanaylik yosh tadbirkor Seydabulla Medetov tomonidan bildirilgan tuman markazida yoshlar uchun kitob do‘koni ochish taklifini ma’qullab, uni amalga oshirish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tadbirkorga 500 million so‘m homiylik mablag‘i ajratilishini bildirgan edi.

O‘tgan qisqa muddatda tuman markazida 2 qavatli zamonaviy “Kitob olami” savdo majmuasi bunyod etilib, o‘nga yaqin yosh doimiy ish bilan ta’minlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida barpo etilgan savdo majmuasining ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M.Jumanov, O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi boshqarma boshlig‘i U.Eshmuhammedov va boshqalar mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob va kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

– Davlatimiz rahbariga bergan va’damning ustidan chiqqanimdan juda xursandman, – deydi tadbirkor S.Medetov. – Savdo majmuasida yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi inobatga olingan holda, 100 dan ziyod nomdagi o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyoti durdonalari, o‘quv qo‘llanmalari savdosi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, o‘quv zali, yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi, elektron kutubxona, internet-klub faoliyat olib boradi.

“Kitob olami” savdo majmuasiga O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan 15 million so‘mlik kitob topshirildi.

Prezidentimiz tashrifi davomida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida Shumanay tumanida 24 loyihani amalga oshirish, jumladan, 7 ijtimoiy ahamiyatga molik obyekt qurilishi davom etmoqda.