Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shum bola” xalqaro bolalar kinofestivali oʻtkaziladi
17:20 / 2020-01-20

“Oʻzbekkino” milliy agentligi va Germaniya Federativ Respublikasi Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali rahbariyati hamkorligida “Shum bola” xalqaro bolalar kinofestivali oʻtkaziladi.


“Oʻzbekkino” milliy agentligi va Germaniya Federativ Respublikasi Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali rahbariyati hamkorligida “Shum bola” xalqaro bolalar kinofestivali oʻtkaziladi.

Bugun “Oʻzbekkino“ milliy agentligi binosida agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali rahbari Yan Xelfer oʻrtasida kinofestivalni tashkil etish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bu haqda ʼʼOʻzbekkino“ milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu kinofestival mamlakatimizda yettinchi marotaba oʻtkazilmoqda. Tadbirdan koʻzlangan maqsad, oʻzbek va nemis madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.