Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shukurjon Aminova "Katta dubulg‘a" turniri g‘olibi
22:39 / 2026-02-27

Poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumidagi nufuzli musobaqaning ilk kungi bahslari polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Jumladan, “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” musobaqasining ayollar o‘rtasidagi -57 kg. vazn toifasida kechgan final bahsida hamyurtimiz Shukurjon Aminova yaponiyalik Mio Shirakaneni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa Aminova mazkur vazn toifasidagi musobaqalarda o‘zining dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida -60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston Ro‘ziyev bronza medali uchun kechgan bellashuvda gruziyalik Luka Gadeliyani mag‘lub etib, sovrindorlar safidan joy oldi.

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA