Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shukur Xolmirzayev: “MEN ADABIYOTNI QISMATIM DEGANMAN...”
12:49 / 2023-05-01

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning “MEN ADABIYOTNI QISMATIM DEGANMAN” kitobi nashrdan chiqdi.

Shukur Xolmirzayev zamonaviy adabiyotimizning ustunlaridan biri. U o‘zining qator hikoya, roman, qissa, esse, dramatik asarlari bilan o‘quvchilar mehrini qozona olgan zukko adib edi.

Shukur Xolmirzayevning adabiyot, san’at, adabiy jarayon, milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifat xususidagi chuqur tahliliga asoslangan maqolalari ham muxlislari, jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinardi.

Mazkur kitob ilk bor adib muxlislariga ana o‘sha dilga yaqin maqolalari va qarashlarini jam etgan. Undagi suhbatlar, adabiy o‘ylar, qaydlar turli yillarda yozilgan bo‘lsada, aytilgan fikr-qarashlar xuddi bugungidek, davr sinovlarini ortda qoldirgan.

Kitobga so‘zboshi yozgan olima, adibning qizi – Sayyora Xolmirzayeva:

“... Sizlarni dadam – Shukur Xolmirzayev bilan o‘zaro suhbatga, fikr almashuvga taklif etamiz. Kitobni asta-sekin varaqlar ekansiz, ularning qiyofalari, ya’ni qarashlari, so‘zlashlari, qo‘l harakatlari, kulib qo‘yishlari-yu jiddiy tinglashlari ko‘z oldingizga gavdalanadi. Bundan ortiq nima kerak...” deb yozadi.

Atoqli so‘z ustasi Shukur Xolmirzayevning “MEN ADABIYOTNI QISMATIM DEGANMAN” kitobini, albatta, o‘qing.

 

O‘zA