Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhratbek Abdurahmonov: “Yoshlarning ishli bo‘lishi uchun zarur barcha yordam ko‘rsatiladi”
14:08 / 2021-03-30

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Moliya vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Abroyev yoshlar bilan uchrashdi. Ularning taklif, fikr-mulohaza va muammolari eshitildi.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 27 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasida dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan edi. Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Andijonda e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  

Andijon viloyati aholisining qariyb 58 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Butun mamlakatda bo‘lgani kabi viloyatda ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘z iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyatlar eshigi ochib berilgan.  

Andijonda viloyat hokimi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bandligini ta’minlash borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda o‘ziga xos, samarali tizim yaratildi.  

O‘tgan yili o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida viloyatdagi 882 mahallada istiqomat qilayotgan 18-30 yoshdagi yoshlarning 43 ming nafardan ortig‘i hech qanday mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmay kelayotgani aniqlangan edi. Ana shu yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq va manzilli ishlar tashkil etildi.  

Aniq va rejali tizim asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida uyushmagan yoshlarning bandligi ularning o‘z xohish va istaklaridan kelib chiqib ta’minlandi. Jumladan, bandligi ta’minlangan yoshlar tikuvchilik va tekstil, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalarida, shuningdek, davlat korxonalari hamda xususiy sektorda samarali faoliyat yuritmoqda.  

[gallery-1813]

Viloyatda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, viloyat hokimligi tashabbusi bilan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida ko‘plab seminar-treninglar, biznesni boshqarish va rivojlantirish mavzularda o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.  

– Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish bugungi kunda oldimizdagi eng ustuvor vazifa hisoblanadi, – dedi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda o‘z yo‘lini topishi, ishli yoki mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun zarur barcha yordam ko‘rsatiladi.  

Uchrashuvda yoshlarning fikr, mulohaza va takliflari eshitilib, qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.  

Muloqot davomida imtiyozli ta’lim krediti ajratilishini so‘rab murojaat qilgan 80 nafar talabaning shartnoma pullari «Asaka» ATB tomonidan to‘lab beriladigan bo‘ldi.  

F, UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA