English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhratbek Abdurahmonov: “Yoshlar yetakchisi fidoyi bo‘lib ishlasagina, o‘sha hududdagi har qanday muammo yechimini topadi”
10:50 / 2022-05-29

Andijonda yoshlar yetakchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ularning muammolarini bevosita hududlarning o‘zida hal etish hamda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda yoshlar yetakchisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Prezident Administratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, shahar, tuman hokimlari, sektor rahbarlari ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari, ish faoliyati samaradorligini oshirish, ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish xususida atroflicha so‘z yuritildi.

– Yoshlar yetakchisi o‘zi ish olib borayotgan hududdagi har bir yosh bilan bevosita ish olib borishi  kerak, – deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Hududda yoshlarni qiynayotgan biror bir masala uning e’tiboridan chetda qolmasligi, o‘zi hal etolmagan masalani albatta sektor rahbari, tuman, shahar hokimiga, kerak bo‘lsa, keng jamoatchilikka yetkazishi lozim. Qachonki, mahallaning Yoshlar yetakchisi fidoyi bo‘lib ishlasagina o‘sha hududdagi har qanday muammo o‘z yechimini topadi.

Bugun yoshlarni qanday muammolar qiynamoqda? Ishdan, darsdan bo‘sh vaqtlarda ular nima bilan mashg‘ul, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazmoqda? Yig‘ilishda ana shu kabi qator savollar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Birgina o‘tgan yili viloyatda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 46 ming nafardan ziyod yoshlarga zarur yordam ko‘rsatildi, joriy yilda esa 20 ming nafardan ziyod ana shu toifadagi yoshlarni ishga joylashtirish, ularga kredit va yer maydoni ajratish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bu boradagi ishlar reja asosida olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Sektor rahbarlariga mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va ommaviy sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, shuningdek, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam o‘tkazib borilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoshlarning ijtimoiy reabilitatsiya qilinishi va ularning normal hayotgan moslashuvi jarayonlarini doimiy nazorat qilish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda yoshlar, ular bilan bevosita ish olib borish masalasiga yangicha yondashish, bu boradagi ilg‘or ish uslublari va tajribalarni ommalashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

                                                        F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA