English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhrat Toʻxtaboyev yangi agentlikning Namangan viloyati filiali rahbari etib tayinlandi
11:43 / 2020-02-01

Shuhrat Toʻxtaboyev Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari sifatida tanishtirildi.


31-yanvar kuni Namangan shahar hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari Nodir Maxsumov ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Shuhrat Toʻxtaboyev Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari sifatida tanishtirildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarda kadrlar boshqaruvi hamda inson resurslarini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻladi, oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari davlat xizmatini transformatsiyasi uchun mafkuraviy platformasi rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, davlat xizmati sohasida yagona siyosatning amalda bajarilishini taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat xizmatini rivojlantirish tendensiyalari va rivojlanish istiqbollarini monitoring hamda tahlil qilish, ushbu sohadagi muammolar va muammolarni hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan innovatsion usullarini joriy etishdir.