“Dunyoga nazar plyus” podkasti
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi jahon siyosiy xaritasida strategik ahamiyatga ega geosiyosiy makon sifatida e’tibor markaziga chiqdi. Mintaqamiz nafaqat boy tabiiy resurslari va tranzit salohiyati, balki xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik hamda barqarorlik nuqtai nazaridan ham muhim hudud hisoblanadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DNShL068XKM" title="Shuhrat Rasul: AQShning Markaziy Osiyo bo`yicha siyosatida yangi bosqich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ekspertlar fikricha, so‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo bilan bog‘liq siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlikka oid manfaatlarini faol ilgari sura boshladi. Xususan, mintaqa bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va terrorizmga qarshi kurashda strategik hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Ma’lumki, shu kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Dav hamda AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bugun Prezidentimiz AQSH rahbari Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etadi.
- Hozirgi vaziyatda AQSHning Markaziy Osiyoga bo‘lgan tashqi siyosiy strategiyasi qay yo‘nalishda?
- AQSH “C5+1” formatiga o‘xshash boshqa davlatlar bilan ham shunday hamkorlikka egami?
- O‘zbekistonning AQSH fuqarolari uchun qo‘llayotgan 30 kunlik vizasiz rejimi Amerika investorlari uchun qanday yangi imkoniyatlar taqdim etadi?
- YUNESKO 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi tuzilma uchun qanday geosiyosiy va madaniy ahamiyatga ega?
- Ushbu anjumanda qabul qilingan qarorlar keyingi 5 yilda global madaniy meros siyosatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lsa, yaqin istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti qay darajada yuqorilaydi?
O‘zA shu kabi savollarga javob olish maqsadida “Dunyoga nazar plyus” yangi podkast loyihasi orqali xalqaro iqtisodchi, siyosatshunos Shuhrat Rasulni studiyaga taklif etdi.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
O‘tkir Alimov,
Dilshod Hakimov,
Oybek Davronov (videomuhandis),
O‘zA