Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhrat Gʻaniyev jurnalistlar savoliga javob beradi
13:34 / 2020-06-25

Biz jamoamiz bilan ana shuni his qilgan holda faoliyat olib boryapmiz.


Ayni damda Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev bilan respublika miqyosidagi jurnalistlar, blogerlar va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

–Sizlarni Fargʻona viloyatida koʻrib turganimdan xursandman, – dedi viloyat rahbari. – Barchalaringizni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklayman. Bugun rahbarlarning zimmasida juda katta yuk, masʼuliyat bor. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida vazifalar koʻlami yana-da kengaydi.

Biz jamoamiz bilan ana shuni his qilgan holda faoliyat olib boryapmiz. Bugun yangicha ishlashni, yashashni oʻrganish kerak.

Viloyat hokimi dastlab matbuot anjumani ishtirokchilariga viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot berdi.

Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olmoqda.