Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhrat Gʻaniyev: har bir tadbirkorga koʻmakchimiz
10:50 / 2020-08-14

Fargʻona viloyati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi jihatidan mamlakatimizda yetakchi oʻrinni egallaydi.


Fargʻona viloyati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi jihatidan mamlakatimizda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Joriy yilda hududiy dasturga muvofiq, 737 ta loyiha doirasida 7 trillion soʻmlik investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilyapti. Xususan, “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida bugunga qadar umumiy qiymati 228, 7 million AQSH dollari miqdoridagi 84 ta investitsiya loyihalari joylashtirildi.

43 ta loyihalar natijasida erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan oʻtgan davrda 830,7 milliard coʻmlik yoki 80,6 million dollari miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarilib, 15,9 million dollarlik mahsulotlar eksportga yoʻnaltirildi. Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 2552 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

“Ulugʻbek eksport trend” masʼuliyati cheklangan jamiyati ularning biri boʻlib, bu yerda yiliga 30 milliard soʻmlik yoki 2,9 million dollarlik poyafzal va mix, burama mix ishlab chiqarish quvvatlari oʻzlashtirildi. 235 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev korxonaning yangi loyihasini ochish tantanasida ishtirok etdi.

– Biz erkin iqtisodiy zonada ish yuritayotgan har bir tadbirkorga koʻmakchimiz, – dedi viloyat hokimi. – Barcha masala va muammolar yechimiga shaxsan oʻzim masʼulman. Yil oxirigacha bu yerda 162,6 million AQSH dollari miqdoridagi 41 ta loyiha ishga tushadi va 4 ming 520 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ayni kunlarda bu yerda qirqdan ziyod korxona ishlab turgan boʻlsada hali qurilish-montaj ishlari avjida. Har bir hududda ulkan inshootlar qurilyapti, koʻchalarga, binolarga kommunikatsiya vositalari –suv, gaz, suvoqava, elektr tarmogʻi tortilyapti, yoʻllar asfaltlanmoqda.

Viloyat hokimi “Shaffof omad sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etilayotgan elektromobillar zavodi qurilishini ham borib koʻzdan kechirdi.

– Korxona karyer oʻrnida joylashgan. Dastlab yetti metrli xandaqni toʻldirdik, – deydi uning rahbari Gʻofurjon Usmonov. – Mana endi 30 ming metr kvadrat maydonda ishlab chiqarish inshootlarini tiklayapmiz.

– “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” degan yozuvli elektromobillar aynan Fargʻona viloyatidan ichki va tashqi bozorga yoʻl olishi quvonchli voqelik va albatta katta masʼuliyat. Shu bilan birga biz, fargʻonaliklarga gʻurur va iftixordir, – dedi Shuhrat Gʻaniyev. – Biz bu kunga albatta yetamiz.

“MMA Kamtar Begoyim” masʼuliyati cheklangan jamiyati moʻynali mato ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

– Xitoydan 350 ming dollarga texnologik uskunalar sotib oldik va sozlash-oʻrnatish ishlarini tugallab mahsulot chiqara boshladik, – deydi tadbirkor Isroiljon Abdullayev. – Bu avvalo yana 40 ta yangi ish oʻrni degani.

Sunʼiy moʻynali mato shu paytga qadar mamlakatimizga import qilinar edi. Unga poyafzal, mebel sanoatida ehtiyoj katta. Endi u Fargʻona viloyatidan yetkazib beriladi.

– Biz oʻnlab poyafzal korxonalari va yaqin xorijiy mamlakat tadbirkorlari bilan eksport shartnomalarini tuzdik, – deydi Isroiljon Abdullayev. – Shu yilning oʻzida jami 1 million AQSH dollari miqdorida eksport qilmoqchimiz.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev yangi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan uning ochilish tadbirida ishtirok etdi.

Bir yoʻla toʻrt xil oʻlchamdagi ekranli yuqori sifatli televizorlar Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasidagi “Rosso Elektroniks Texnolijis” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilmoqda.

Loyiha qiymati 1,4 million dollar boʻlgan televizorlar ishlab chiqarish korxonasi qisqa muddatda qurib bitkazildi. Ishchi va muhandis xodimlar oʻqitildi. Bugun bu yerda yoshlar “Rosso” brendi ostida televizor ishlab chiqarib mamlakatimiz ichki bozorini boyitmoqda.

– Biz elektronika, maishiy texnik vositalarning boshqa turlarini ham Fargʻona viloyatida, jumladan, erkin iqtisodiy zonada ishlab chiqarishni tashkil etamiz. “Rosso” brendi bilan yetkazib berilayotgan televizorlar - bu katta ishning boshlanishi xolos, – dedi viloyat hokimi.

Yaqin kunlarda esa mazkur erkin iqtisodiy zonada kislorod konsentratorlari ishlab chiqariladigan korxona ish boshlaydi.

photo_2020-08-14_11-47-14.jpg