Shu hafta Toshkentda SHHTning uchta yirik tadbiri o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga raisligi doirasida joriy haftada uchta tadbir o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Jumladan:
- 7 iyun kuni SHHTga a’zo davlatlar an’anaviy tibbiyot bo‘yicha forumi,
- 7-8 iyun kunlari SHHTga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi,
- 9-10 iyun kunlari SHHT Yoshlar kengashi yig‘ilishi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-2022 yillarda SHHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti sentyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladi.
O‘zA