Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shu hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatiladi
12:47 / 2023-04-03

Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, 3-4 aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromed xizmati agentligi xabar qilmoqda.

Kunduzgi havo harorati hafta davomida 20-23o dan 15-18o gacha o‘zgarib turadi.

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar, shuningdek do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3-6 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarda 5-6 aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

3-4 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

3-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: 4 apreldan 6 aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5-10 m/s dan biroz 12-15 m/s gacha esadi.  

O‘zA