Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shtaynmayer GFR prezidentligiga qayta saylandi
08:30 / 2022-02-14

Germaniya Federal kengashi tomonidan o‘tkazilgan prezident saylovida deputatlarning mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan Frank-Valter Shtaynmayer GFR prezidenti etib yana bor bor saylandi.

Bu haqda “Radio Sputnik” xabar bergan.

Ushbu lavozimga "Germaniya uchun muqobil" partisidan Maks Otte, "So‘l partiya" vakili Gerxard Trabert va erkin saylovchilar nomzodi Shtefani Gebauyer ham da’vogarlik qilgandi.

1472 delegatning 1045 nafari Shtaynmayerni yoqlagan. Maks Otte esa 140 ovoz olgan. Shtaynmayer 2017 yildan buyon Germaniya prezidenti, avval tashqi ishlar vaziri, vitse-kansler bo‘lib ishlagan.

“REGNUM” xabarida, shuningdek, Germaniya prezidentining rafiqasi Elke Byudenbender Berlin ma’muriy sudidagi ish faoliyatini tiklash istagini bildirgani ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 20-22 yanavr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi, shu yil 27-29 mayda esa Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi uyushtirilgan. Har ikki tashrif davomida Prezidentlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlar imzolangan.