Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lankaning yangi Prezidenti 20 iyul kuni saylanadi
19:47 / 2022-07-15

Kelgusi hafta Shri-Lanka parlamenti yangi Prezidentni saylaydi. Bu haqda “Adaderana” portaliga tayanib “Belta” agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, davlat rahbari o‘z lavozimini bo‘shatgandan so‘ng 3 kun ichida parlament chaqirilishi va yangi davlat rahbari 7 kun ichida tayinlanishi kerak.

– Parlament 16 iyuldan boshlab prezidentlik lavozimiga nomzodlar uchun arizalarni qabul qilishini e’lon qildi, – deyiladi agentlik xabarida. Shuningdek, mazkur yuqori lavozimga nomzodlar 19 iyulda e’lon qilinadi, 20 iyulda esa parlamentda ovoz berish bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng yangi Prezident nomi ma’lum qilinadi.

Avvalroq, bosh vazir Ranil Vikramasingx Shri-Lanka Prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida qasamyod qilgan edi.

Gotabaya Radjapaksa esa 14 iyul kuni Shri-Lanka Prezidenti lovozimidan rasman ketdi.