Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lankada yangi prezident saylanadi
15:40 / 2022-07-13

Joriy yilning 20 iyul kuni Shri-Lanka Parlamenti amaldagi Prezident G. Rajapaksa rasman iste’foga chiqqandan so‘ng, yashirin ovoz berish yo‘li bilan yangi davlat rahbarini saylaydi.

 Ma’lumki, mamlakat prezidentligiga uch nafar kishi, jumladan, Bosh vazir Ranil Vikramasingxening ham nomzodi ilgari suriladi. 

Vikramasingxedan tashqari “Shri-Lanka xalq fronti” partiyasidan Shri-Lanka Parlamenti a’zosi Dalles Alaxapperum ham o‘z nomzodini taklif qilgan. Shri-Lanka muxolifati avvalroq, mamlakatning yetakchi muxolifat birlashmasi - “Birlashgan milliy kuchlar” yetakchisi Sajit Premadasani prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.  

Yangi prezident Shri-Lankani G.Rajapaksadan qolgan muddatda, ya’ni 2024 yil noyabriga qadar boshqaradi.  


The Guardian materiallari asosida 

Gulruh  Abdullayeva  tayyorladi, O‘zA