Shri-Lanka Prezidenti Gotabaya Radjapaksa yana qaytadan mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Bu orol xavfsizlik kuchlariga hukumatga qarshi chiqishlarning oldini olishda keng vakolat beradi, deyiladi Frans Press agentligi tarqatgan xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘tgan juma kuni Shri-Lanka kasaba uyushmalari mamlakatda umummilliy ish tashlash e’lon qilgan edi. Ular iqtisodiy tanglik chuqurlashib borayotgani uchun davlat rahbarining iste’fosini talab qilmoqda.
Shri-Lankada favqulodda holat tartibi birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q. 1 aprelda ham favqulodda holat e’lon qilinib, 5 aprelda bekor qilingan edi.
So‘nggi paytlarda Shri-Lanka chuqur iqtisodiy inqirozni boshdan o‘tkazmoqda. Milliy iqtisodiyoti sayyohlik sohasidan tushadigan xorijiy valyutaga qarab qolgan bir sharoitda pandemiya tufayli orolga keladigan sayyohlar oqimi deyarli to‘xtab qolgan.